FIFA va UEFA prezidentlarining maoshlari e'lon qilindi

Tolibjon Qosimov
17 mar 2018, 20:59
FIFA va UEFA tashkilotlari prezidentlarining maoshi e'lon qilindi.

"AP" nashri xabariga ko'ra, o'tgan yilda FIFA rahbari Janni Infantino yiliga 1,61 mln. evro maosh olgan. UEFA prezidenti Aleksandr Cheferin esa undan ko'proq ishlagan. Uning maoshi yiliga 1,64 mln. evroni tashkil etgan.

Shuningdek, Cheferin FIFAning vice-prezidenti sifatida 300 ming evro ishlab topgan. O'tgan yili tashkilotning zarari 192 mln. dollarni tashkil etgan.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: AP