

OFKga a'zo terma jamoalar orasida Yaponiya ayollar terma jamoasi 1977 ochko bilan yetakchilik qilmoqda. Jahon reytingida Yaponiya 6-pog'onada bormoqda. Avstraliya ayollar terma jamoasi 1976 ochko bilan Osiyoda ikkinchi (dunyoda sakkizinchi) bo'lsa, KXDR ayollar termasi 1953 ochko bilan uchinchi (dunyoda o'ninchi) o'rinni egallab turibdi.
O'zbekiston ayollar termasi yuqoridagi terma jamoalardan tashqari Xitoy, Janubiy Koreya, Tailand, Vetnam va Xitoy Taypeyidan keyin Osiyoda 9-pog'onani egallab turibdi.
Jahon reytingida Germaniya ayollar terma jamoasi AQSHni ikkinchi pog'onaga tushirib, yetakchilikni qo'lga oldi. Uchinchi o'rinda Fransiya terma jamoasi bormoqda.




