FIFA Qitalararo kubogi. "Real"ning finaldagi raqibi ma'lum bo'ldi

Alisher
15 dek 2024
Qatarda FIFA Qitalararo kubogi pley-off bosqichida "Pachuka" va "Al Ahli" jamoalari yarim finalda o'zaro to'qnash keldi.

Meksika klubi ("Pachuka") musobaqada KONKAKAF Chempionlar Kubogi g'olibi sifatida etmoqda, Misr jamoasi esa Afrika Chempionlar ligasi g'olibi sifatida ishtirok etdi.

Endilikda "Pachuka" UEFA Chempionlar ligasi bosh sovrini egasi "Real" bilan to'qnash keladi.

Klublar o'rtasidagi jahon chempionati formati o'zgargandan so'ng FIFA Qitalarqaro Kubogini qaytadan tashkil qildi.

Eslatib o'tamiz, final 18 dekabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 22:00da start oladi.


"Pachuka" (Meksika) - "Al Ahli" (Misr) 0:0 (penaltilar seriyasi - 6:5)

"Pachuka": Moreno, Gonsales, Mikolta, Kabral, Rodriges, Pedraza Reyna (Xil, 109), Montiel Avalos, Bautista Guterres (Mena, 56), Gonsales (Deossa Suares, 46), Idrissi, Rondon.

"Al Ahli": Al Shenavi, Attiyyat-alla (Abdul Fattoh, 90+2), Rabia, Al Xanafi, Kamol, Attia, Taufik (Al Sulayya, 101), Al Shaxat (Magdi Kafsha, 71), Ashur, Muhammad (Tau, 90+2), Abu Ali (Qahrabo, 78).

Penaltilar seriyasi

0:1, 0:2, 1:2, 1:3, 2:3, 3:3, 4:3, 4:4, 5:4, 5:5, 6:5.

Ogohlantirish: Gonsales (32), Bautista Guterres (40), Ashur (78), Mena (90+7), Rodriges (102).


AlisherMuallif
Manba: championat.asia