FIFA prezidenti: “Video takror futbolimiz kelajagi”

Aslanov Jasurbek
20 iyun 2017, 00:55
FIFA prezidenti Janni Infantino Konfederatsiya Kubogi doirasidagi Avstraliya - Germaniya (2:3) o'yinidan keyin video takrorlar bo'yicha o'z fikrini bildirdi.

“Men video takror tizimidan ko'nglim to'lyapti. Biz Konfederatsiya kubogida video takrorlar hakamlarga to'g'ri qaror qabul qilishda qanchalik yordam berayotganini ko'rdik.

Bizga aynan shu narsa kerak edi. Bu yangilikni muxlislar bir necha yildan beri kutishayotgandi. Bu tizim futbolimiz kelajagi”, - dedi FIFA prezidenti.


Eslatib o'tamiz, hamyurtimiz Ravshan Ermatov aynan video takrorlar uchun referi sifatida Konfederatsiya kubogida ishtirok etyapti. 


O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif