FIFA prezidenti Qatardagi portlashlarga munosabat bildirdi

Khoja
10 sen 2025
FIFA prezidenti Janni Infantino kecha Qatar hududida sodir bo'lgan portlashlarga o'z munosabatlarini bildirdi.

Bugungi Dohadagi voqealardan ta’sirlandim va begunoh Qatar xalqiga hamdardligimni bildiraman.

“2022 yilda bo'lib o'tgan futbol bo'yicha jahon chempionatini muvaffaqiyatli tashkil etgan Qatarni ko'plab muammolarni hal qilishda ko'prik sifatida ishtirok etgan mamlakat sifatida bilamiz.

Biz ushbu qiyin paytda birdamligimizni oshiramiz va barcha tomonlarni muloqotga qaytishga va zudlik bilan mintaqada tinchlikni tiklashga chaqiramiz", - dedi FIFA prezidenti.


KhojaMuallif
Manba: FIFA.com