FIFA o'rtoqlik o'yinlarini bekor qilib, jahon ligasini tashkil qilmoqchi

Aziz Tukhtamuradov
30 okt 2017, 14:00
FIFA terma jamoalarning o'rtoqlik o'yinlarini bekor qilmoqchi.

Jahon ligasi deb ataladigan yangi turnir o'rtoqlik o'yinlarining o'rnini bosishi kutilmoqda.

Musobaqa terma jamoalarning FIFA reytingidagi o'rnidan kelib chiqqan holda uchta divizionga ajratilib, o'tkaziladi.

Ammo, ushbu turnir Yevropa jamoalari bilan yaxshigina pul evaziga o'rtoqlik o'yinlari o'tkazadigan Janubiy Amerika federatsiyalari noroziligiga sabab bo'lmoqda.

Jahon ligasining ilk o'yinlari 2019 yildan boshlab o'tkazilishi mumkin.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: thisdaylive.com