FIFA "Navbahor"ga transfer taqiqini qo'ydi

Iskandarov Abdulaziz
16 mar 2025
Superliga klublarida qarzdordik bilan bog'liq muammolar hali to'liq echilmagan.

FIFA Namanganning "Navbahor" klubiga transfer taqiqini qo'ydi. Bunga sabab esa o'tgan mavsum jamoada harakat qilgan eronlik yarim himoyachi Siyavash Haqnazari bilan bog'liq qarzdorlikdir. Klub futbolchining moliyaviy talablarini bajarmagan. Tashkilot klubga 11 mart kuni mazkur jazoni qo'llagan. 

Ma'lumot uchun, Haqnazari 2024 yil Superligada "lochinlar" safida 21 ta o'yinda maydonga tushib 5 ta gol, 2 ta assist qayd etgan. U ayni paytda Eronning "Nassaji Mazandaran" klubida to'p tepmoqda. 



Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Championat.asia