FIFA bugun "The Best" uchun nomzodlarni e'lon qiladi

Alisher
31 iyul 2019, 14:04
FIFA bugun "The Best" unvoni uchun nomzodlarni e'lon qiladi.

16:00 - "Yilning eng yaxshi ayol murabbiyi" uchun nomzodlar

17:00 - "Yilning eng yaxshi erkak murabbiyi" uchun nomzodlar

18:00 - "Yilning eng yaxshi ayol futbolchisi" uchun nomzodlar

19:00 - "Yilning eng yaxshi erkak futbolchisi" uchun nomzodlar

FIFA talqiniga ko'ra o'tgan yilda dunyoning eng yaxshi futbolchisi deb "Real" yarim himoyachisi Luka Modrich etirof etilgan edi. Braziliyalik Marta esa 6-marta (rekord) yilning eng yaxshi ayol futbolchisi deb topilgan. Eng yaxshi murabbiy nomiga esa Fransiyani jahon chempioniga aylantirgan Did Desham loyiq ko'rilgan.

Eslatib o'tamiz, FIFAning "The Best" sovrini g'oliblari 23 sentyabrda Milanning "La Skala" opera teatrida e'lon qilinadi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: fifa.com