

FIFA 23 muqovasida “Chelsi” ayollar jamoasi forvardi Samanta Kerr hamda PSJ yetakchilaridan biri Kilian Mbappe bo'ladi. Mbappe qatorasiga 3-yildan beri simulyator yuziga aylanmoqda.
Kerr esa FIFA tarixida ilk bor muqovadan joy olgan birinchi ayol futbolchiga aylandi.
Eslatib o'tamiz, o'yin nomi 2024 yildan boshlab EA Sports FC'ga o'zgaradi.




