Ferran Torres Messidan o'tib ketdi

Aziz Tukhtamuradov
15 may 2021
"Manchester Siti" APL 36-turi doirasida "Nyukasl"ni mag'lub etdi.

"Shaharliklar" futbolchisi Ferran Torres o'yin davomida xet-trik qayd etdi.

Bu ispaniyalik futbolchi uchun klub doirasidagi o'yinda birinchi xet-trik bo'ldi. U o'tgan yili noyabr oyida Ispaniya terma jamoasi tarkibida Germaniyaga uchta gol urgandi (6:0). 

Torres 21 yosh 75 kunligida Pep Gvardiola jamoasida xet-trik amalga oshirgan eng yosh futbolchi bo'ldi. 

Bungacha Gvardiola qo'l ostida xet-trik qilgan eng yosh futbolchi Lionel Messi edi. U "Barselona" safida 22 yosh 200 kunligida bitta o'yinda uchta gol urishga erishgan. 


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Opta