Fernando Torres: "Qaytishimda Diego Simeone katta rol o'ynadi"

Aziz Tukhtamuradov
4 yanv 2015, 20:46
Atletiko futbolchisi Fernando Torres bugun bo'lib o'tgan tanishtiruv marosimida qadrdon jamoasiga qaytganidan mamnun ekanligini aytib o'tdi.
"O'tgan mavsum klub qay darajada kuchayganini ko'rsatdi.
Men ketganimdan so'ng "Atletiko" o'zgardi. Hozirda jamoa "Real" va "Barselona" darajasida o'yin namoyish etmoqda.

Qaytishimda Diego Simeone katta rol o'ynadi. Uning qay darajada qattiqqo'l va talabchan ekanligini bilaman", - deydi Torres.

Eslatib o'tamiz, u jamoada 19-raqamda to'p tepadi.

Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: sports.ru