Fernando rasman “Manchester Siti” futbolchisiga aylandi

Tolibjon Qosimov
26 iyun 2014, 17:20
26 iyun kuni braziliyalik yarim himoyachisi Fernando “Portu”dan “Manchester Siti”ga o'tdi.
Ma'lum bo'lishicha, transfer 12 million funt sterlingga baholangan.

Bu shaharliklarning ikkinchi transferi, oldinroq ular “Arsenal”dan Bakari Sanyani sotib olishgan edi.

Fernando “Portu” safida 2007 yildan beri maydonga tushadi, bundan oldin u Braziliya C seriyasidagi “Vila-Nova”da harakat qilgan. Portugaliya klubi safida futbolchi to'rt karra Portugaliya chempioni bo'lgan.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.com