Fernandesh 2021 yilda golli vaziyat yaratish borasida yetakchi

Mirjalol Normatov
10 okt 2021, 12:39
"Manchester Yunayted" va Portugaliya termasi yarim himoyachisi Brunu Fernandesh 2021 yilda APL va Evrokuboklarda 99ta golli vaziyat yaratdi.

Bu top-5 ligalardagi eng yaxshi ko'rsatkich hisoblanadi. Ikkinchi o'rinda "Ayntraxt" futbolchisi Filip Kostich qayd etilgan - 91. Kuchli uchlikni 88 natija bilan Trent Aleksander-Arnold yakunlab bergan.

27 yoshli portugaliyalikning transfer narxi 90 million evroga baholangan. U "Oltin to'p"ni yutishi mumkin bo'lgan 30 nafar futbolchidan biri bo'lib turibdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal