Fergyusondan keyin MYU amalga oshirgan omadli va omadsiz transferlar aniqlandi

Eldor Akmurzayev
21 mar 2020, 20:44
Manchester Evening News “qizil iblislar” xarid qilgan futbolchilarning reytingini tuzdi.

Baholash mezoni Ser Aleks Fergyuson “Yunayted"ni tark etganidan keyingi holat bo'yicha olib borilgan.

Eng yaxshi transfer qilingan futbolchi sifatida – Brunu Fernandesh (yarim himoyachi) topildi. Unga yuqori 9 reyting ochkosi berildi. 25 yoshli futbolchi joriy yilning yanvar oyida “Sporting”dan 55+25 mln evro evaziga Manchester grandi safiga kelib qo'shilgan.

Undan keying o'rindagi Serxio Romero (darvozabon), Aaron Uan Bissaka (himoyachi), Zlatan ibragimovich va Odion Igalo (hujumchilar)ga 8 ochko berilgan.

Omadsiz transferlar ro'yxatidan esa 6 futbolchi o'rin egalladi. Ularga eng past (bir) ochko berilgan;

Viktor Valdes (darvozabon);

Markos Roxo (himoyachi);

Bastian Shvaynshtayger (yarim himoyachi);

Anxel Di Mariya (vinger);

Aleksis Sanches va Radamel Falkao (hujumchilar).

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Manchester Evening News