Fergyuson: "Chempionlar ligasi finalida "Bavariya" ustidan qozonilgan g'alaba tasodif emas"

Aslanov Jasurbek
3 mar 2015, 10:41
"Manchester Yunayted" sobiq bosh murabbiyi Ser Aleks Fergyuson 1998/99 mavsumda o'z jamoasi bilan Chempionlar ligasi finalida "Bavariya"ni 2:1 hisobida mag'lub etgani haqida esladi.

Inglizlar butun o'yin davomida hisobda ortda borayotgan edi, ammo uchrashuvga qo'shib berilgan daqiqalarda Teddi Sheringem va Ule-Gunnar Sulsharning urgan goli "Qizil iblislar"ga g'alabani taqdim etadi.

"Bu tasodif bo'lmagan. O'sha mavsumda jamoam bu ishni juda ko'p marta takrorlagan. Bizda g'alabaga bo'lgan chanqoq juda yuqori edi va jamoaviy ruh, kuchli iroda bu muvaffaqiyatga erishishimizga yordam bergan. Biz ko'pincha so'nggi daqiqalarda g'alabani ilib ketar edik.

99 yildagi g'alabadan so'ng, hammasi o'z joyiga tushdi. Bundan so'ng hech narsadan qo'rqmas edim. So'nggi 3 daqiqa ichida 2ta gol urishimiz, orzumning amalga oshishidir.

Agar siz qandaydir buyuk ish qilmoqchi bo'lsangiz, bu juda yaxshi variant. Uchrashuv so'nggi daqiqalarida g'alabani ilib ketish - bu fantastika!" - deydi Fergyuson.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com