Ferdinand: "De Xeaga boshida hech kim ishonmagan edi"

Tolibjon Qosimov
26 fev 2018, 21:57
"Manchester Yunayted" sobiq himoyachisi Rio Ferdinand David De Xea haqida gapirib o'tdi.

Uning so'zlariga ko'ra, De Xea "Old Trafford"ga kelgan paytda tajribali o'yinchilar unga u qadar ishonishmagan.

"David birinchi bor jamoaga kelganida, bizda unga nisbatan jiddiy ikkilanish bor edi. "Manchester Yunayted"ga qandaydir yosh bola kelgan edi, biz esa har yili sovrin yutishimiz kerak. Qanday qilib biz bu o'ziga unchalik ishonmagan tajribasiz bolakay bilan buni uddalashimiz mumkin?!

Lekin, hozir u qanday darajada ekanligiga qarang. Mana sizga qattiq mexnat qilgan inson o'ziga istagan narsaga erisha olishiga misol", - dedi Ferdinand.



Eslatib o'tamiz, David De Xea ayni paytda APLda eng ko'p quruq o'yin o'tkazdi va Premer-liga "Oltin qo'lqop"i uchun poygada yetakchilik qilmoqda.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: BT Sport