"Fenerbaxche" Mourinyuni bosh murabbiy lavozimidan ozod etdi

Sherzod Nurmatov
29 avg 2025
Turkiyaning "Fenerbaxche" jamoasi bosh murabbiy Joze Mourinyuni iste'foga chiqarganini e'lon qildi.

“Fenerbaxche” saralash bosqichida "Benfika"ga imkoniyatni boy berib (0:0, 0:1), Chempionlar Ligasining asosiy bosqichiga chiqa olmadi.

"Biz 2024/25 yilgi mavsumdan buyon professional futbol jamoamizga murabbiylik qilib kelayotgan Joze Mourinyu bilan xayrlashdik.

Unga jamoamiz rivojiga qo'shgan hissasi uchun minnatdorlik bildiramiz va kelgusi faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaymiz", – deyiladi press-relizda.

62 yoshli portugaliyalik Turkiya klubini 2024 yildan buyon boshqarib kelmoqda. "Fenerbaxche" o'tgan mavsum milliy chempionat turnir jadvalida 2-o'rinni egallagan edi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: fenerbahce.org