Feliks Magatni BAAda kutishmoqda

Narzulla Saydullayev
7 iyul 2013
So'nggi yillarda “Bavariya”, “Shalke” va “Volfsburg” jamoalarida ishlab kelgan Feliks Magat, endilikda faoliyatini BAAning “Al-Ayn” jamoasida davom ettirishi mumkin, deb xabar beradi “Kicker”.
Bu klubni oldin ham 2007-2009 yillar oralig'ida nemis murabbiyi Vinfred Shefer boshqargan. Magat o'tgan yilning oktyabr oyida “Volfsburg”dan haydalgan beri ishsiz edi. May oyida esa u “Gamburg” klubi sport direktori lavozimini egallaydi degan turli xil xabarlar tarqalgan edi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: football.kulichki.net