

AS manbasiga ko'ra, mashg'ulotlardagi yuklamalar ortgani sayin Fatining tizzasi shishib ketmoqda va u boshqa mashq qilolmayapti.
Noyabrda Ansuni operaciya qilgan jarroh bu vaziyatdan xabardor va yosh futbolchi bilan doimiy aloqada bo'lib turibdi. Fati takroriy jarrohlik amaliyotini boshdan kechirish ehtimoli mavjud. 18 yoshli forvard qachon maydonga qaytishi esa noma'lumligicha qolmoqda.
Ansu Fati joriy mavsum kataloniyaliklar libosida 10 o'yinda qatnashib, 5+4 natija ko'rsatdi.



