Farrux Turdaliev: "Oliy ligadan niyatlarimiz ulkan"

25 okt 2017, 15:24
Kecha O'zbekiston chempionati birinchi liga 34-tur uchrashuvlari bo'lib o'tdi.

Ushbu turda Quvasoyning "Cementchi" jamoasi o'z uyida Termizning "Surxon" klubini qabul qildi va 2:0 hisobida g'alaba qozondi. Ushbu uchrashuvdan so'ng "Cementchi" jamoasi darvozaboni Farrux Turdaliev o'z fikrlarini bildirdi.

"Oliy ligaga chiqish vazifasini uddalaganimizdan xursandmiz. Chunki ikkinchi davrada bizni jamoaga taklif qilishganida ko'plab gap so'zlarni eshitganmiz. Bunday natijaga o'z mehnatimiz bilan erishdik va buni isbotlab qo'ydik. Oldimizga qo'yil vazifani muddatidan oldin xal qilib qo'ydik. Shuning uchun ham xursandman. 

Bizni ishimiz muxlislarni xursand qilish. Jamoadoshlarimiz va rahbariyatimiz barchasi axil va inoq. Bizning kuchimiz ham mana shunda bo'ldi. Barchamiz bir yoqadan bosh chiqarib harakat qildik. Oliy ligada niyatlarimiz ulkan, shaxsan o'zim juda ko'p narsa kutyapman", - deydi "Cementchi" posboni Farrux Turdaliev 


Xojiakbar Jabborov yozib oldi


Manba: championat.asia