Farruh Sayfiev: "Shomurodovning o'rni bilindi"

Абдулвосит Бектемиров
14 yanv 2024
O'zbekiston terma jamoasi a'zosi Farruh Sayfiev Osiyo kubogi-2023 "B" guruh 1-tur doirasidagi O'zbekiston - Suriya (0:0) o'yinidan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

- Bugungi uchrashuv haqidagi fikrlaringiz. Suriyaga qarshi 2 ochko yo'qotdikmi yoki 1 ochko qo'lga kiritdik?

- Bugun 2 ochko yo'qotdik. Hozirgi kunda hamma futbol o'ynashni biladi va hech kimni osonlikcha mag'lub eta olmaysiz.

- O'yindan keyin kiyinish xonasida atmosfera qanday edi?

- Atmosfera normal edi, har doimgidek. Hali hech narsa yo'qotganimiz yo'q. Suriyaga qarshi uchrashuv tarixda qoldi. Ertaga Hindistonga qarshi uchrashuvga tayyorgarlikni boshlaymiz.

- Terma jamoamizning o'yinida qanday kamchiliklarni payqadingiz.

- Bugun Shomurodovning o'rni bilindi. Biroq bu futbol va siz ertaga nima bo'lishini bilmaysiz. Kamchiliklar har doim bo'ladi. Qanday kamchiliklar bo'lsa bosh murabbiyimiz bizga aytadi.

- Keyingi uchrashuvlardagi raqib Hindiston va Avstraliya haqida nimalar deya olasiz?

- Endi bor e'tiborimizni Hindistonga qarshi kechadigan uchrashuvga qaratamiz va maydonga faqat g'alaba uchun chiqamiz.


Abdulvosit Bektemirov suhbatlashdi


Абдулвосит БектемировMuallif
Manba: championat.asia