

Shiddatli o'tgan vodiy derbisidan so'ng "burgutlar"ning yarim himoyachisi Farhod Sohibjonov fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"O'yin qiyin o'tishini, maydonda jang bo'lishini barcha bilar edi. Muxlislar ham oxirigacha qo'llab-quvvatlashdi. Borimizni berdik va g'alaba qozondik. Bunday ishqibozlar qarshisida mag'lubiyatga uchrash yarashmas edi.
Tanaffusda murabbiyimiz barcha narsani unutishimizni va muxlislar uchun o'ynashimiz kerakligini ta'kidladi. Harakat qildik, xudo berdi.
Fikrimcha, "Navbahor" futbolchilarida "Al Hilol" bilan o'yindan so'ng biroz charchoq yuzaga kelgan. Oxirigacha kuchlari yetmadi. Biz shu omillardan foydalanib ketdik",- deydi Farhod Sohibjonov.



