Farhod Bekmuratov: "Andijon" muxlislar uchun ham Superligaga qaytishi kerak. "Metallurg" ikkinchi davrada o'zgardi"

Iskandarov Abdulaziz
24 sen 2022, 19:35
Bekobodning "Metallurg" jamoasi yarim himoyachisi Farhod Bekmuratov ikkinchi davradagi natijalar haqida fikrlari bilan o'rtoqlashdi.


"Ikkinchi davrada ko'proq hujumkor o'yin ko'rsatmoqdamiz. Jamoamiz o'yin tomonlama o'zgardi, deya olaman. Murabbiylar ham yozgi o'quv-mashg'ulot yig'inlari vaqtida yangicha taktikani sinab ko'rishdi. Ular bergan ko'rsatmalarni imkon qadar bajarishga harakat qilmoqdamiz

Futbolchi sifatida "Andijon"da tanilganman. Jamoaning o'yinlarini iloji boricha o'tkazib yubormaslikka harakat qilaman. Bo'lmasa ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzataman. "Andijon" o'z muxlislari uchun ham Superligaga qaytishi kerak",- deydi Farhod Bekmuratov.

 

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: championat.asia