"Farg'onada bolalar futboli bo'yicha "Viloyat birinchiligi" tashkil etildi

Narzulla Saydullayev
4 apr 2019, 21:43
Joriy yilning 30 mart - 4 aprel kunlari viloyatimizning shahar va tumanlarida 2008-yilda tug'ilgan bolalar o'rtasida "Viloyat birinchiligi" musobaqasi o'tkazildi.

Musobaqa viloyatning Farg'ona, Qo'qon shaharlari, Buvayda va Farg'ona tumanlarida tashkil etildi. Unda 15 ta jamoa tarkibida 300 nafardan ortiq futbolchilar ishtirok etdilar.

Musobaqaning yakuniy natijalariga ko'ra, 1-o'rinni "Neftchi" BO'FM jamoasi, 2-o'rinni Farg'ona tumani 2-BO'SM jamoasi, 3-o'rinlarni Farg'ona shahar 1-BO'SM va Qo'qon shahar 2-BO'SM jamoalari egalladilar.



Sovrindor jamoalar viloyat Futbol assotsiatsiyasi tomonidan tegishli diplomlar, medallar va futbol to'plari bilan taqdirlandilar. G'oliblarga sovrinni Farg'ona viloyati Futbol Assotsiatsiyasi 1-vice prezidenti Rasuljon Yuldashev topshirdi.

Taqdirlash marosimi vaqtida biz yosh chempionlar fikrlari bilan qiziqdik.

Amirbek Berdiev (tajribali futbolchi Anvar Berdievning farzandi): - Men kelajakda xuddi dadam kabi mahoratli futboli bo'lishni o'z oldimga maqsad qilganman. Agar yaxshi futbolchi bo'lib yetishsam, kuchli jamoalarda o'ynasam dadamning meni kelajakda yaxshi futbolchi bo'lib yetishishim haqidagi niyatlarini amalga oshirgan bo'laman. O'zbekiston terma jamoasida o'ynashni niyat qilganman - deydi yosh futbolchi.


Nurmuhammad Fazliddinov (musobaqaning eng yosh futbolchisi): Bu musobaqa yaxshi tashkilandi, mana bugun final uchrashuvida raqiblarimizni yirik hisobda mag'lubiyatga uchratib, chempion bo'ldik. Kelajakda dunyo taniydigan futbolchi bo'lib yetishib, O'zbekiston terma jamoasi yutuqlariga o'z hissamni qo'shmoqchiman - deydi yosh chempion.


Bekzod Tolibov tayyorladi

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia