Fantastika! "Sautgempton" Angliya liga Kubogida birorta gol o'tkazmay finalga chiqdi

Aslanov Jasurbek
26 yanv 2017, 12:43
Kecha, 25 yanvar kuni "Liverpul" Angliya liga Kubogi yarim final javob uchrashuvi doirasida "Sautgempton"ni qabul qildi.

Bahs 0:1 hisobida "qizillar"ning mag'lubiyati bilan yakunlandi. Shunday qilib, "Sautgempton" birorta gol o'tkazmay finalga yo'l oldi. Bu so'nggi 35 yil ichida qayd etilgan rekord hisoblanadi. 1981/82 mavsumda "Tottenxem" ham xuddi shunday muvaffaqiyatga erishgan edi.

Liga Kubogining ikkinchi finalchisi bugun tunda ma'lum bo'ladi. "Xall Siti" o'z uyida "Manchester Yunayted"ni qabul qiladi. Ushbu jamoalar o'rtasidagi ilk o'yin "qizil iblislar"ning 2:0 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlangan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia