

"Biz 'Barselona'ga inson huquqlarini qadrlaydigan klub eng irqchi jamoalardan biriga qarshi o'ynash niyatida ekanligi haqidagi g'oyadan hayratga tushgan dunyodagi millionlab muxlislarining hissiyotlariga ko'rsatgan hurmatlari uchun o'z minnatdorchiligimizni bildiramiz", - deyilgan assotsiatsiya bayonotida.
Eslatib o'tamiz, avvalroq Isroilning "Baytar" klubi rahbariyati Kataloniya jamoasining Quddusda o'ynashni istamagani sababli "Barselona" bilan o'rtoqlik uchrashuvi bekor qilinganini ma'lum qilgandi.



