FAKT. "So'g'diyona" 9 yillik qora ananaga barham berdi

Narzulla Saydullayev
17 mar 2019, 13:28
Superliganing 1-turida Jizzaxning "So'g'diyona" klubi "Bunyodkor"ni 2:1 hisobida mag'lub etdi.

E'tiborlisi "So'g'diyona" oxirgi marta 2009 yilgi mavsumni g'alaba bilan boshlagan ekan. O'shanda jizzaxliklar o'z maydonida Muborakning "Mashal" klubini 1:0 hisobida taslim qilishgandi.

Shundan keyingi hech qaysi mavsumni "So'g'diyona" 3 ochko bilan boshlay olmagan.

2009 yil
"So'g'diyona" - "Mashal" 1:0


2010 yil
"So'g'diyona" birinchi ligada o'ynagan

2011 yil
"So'g'diyona" - "Dinamo" 0:0

2012 yil
"So'g'diyona" birinchi ligada o'ynagan

2013 yil
"Bunyodkor" - "So'g'diyona" 5:0

2014 yil
"So'g'diyona" - "Mashal" 1:1

2015 yil
"Qizilqum" - "So'g'diyona" 4:1

2016 yil
"Metallurg" - "So'g'diyona" 2:1

2017 yil
"Bunyodkor" - "So'g'diyona" 1:0

2018 yil
"Paxtakor" - "So'g'diyona" 2:0

2019 yil
"So'g'diyona" - "Bunyodkor" 2:1

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia