Fakt. “Metallurg” Termizda hech qachon g'olib bo'lmagan

Narzulla Saydullayev
8 mar 2019, 21:35
Qur'a natijasiga ko'ra Bekobodning “Metallurg” jamoasi Superliganing ilk turini safarda, Termiz shahrida o'n besh yillik tanaffusdan so'ng yana elitaga qaytgan “Surxon”ga qarshi o'ynaydigan bo'ldi.

Umuman mazkur jamoalar kuchlilar safida bugungacha 14 bor to'qnash kelishgan bo'lib ustunlik poytaxt viloyati vakillari tomonida. Bekobodliklar 6 uchrashuvda g'alaba qozongan, 6 o'yinda kuchlar teng kelgan, 2 bahsda esa termizliklar zafar quchishgan. Kiritilgan va o'tkazib yuborilgan to'plar farqi “Metallurg” foydasiga – 17:13. Ushbu o'yinlarda poytaxt viloyati vakillari 24, surxondaryoliklar esa 12 ochkolik bo'lishgan.

Termizda kechgan 7 uchrashuvning birinchisi va oxirgisida mezbonlar g'alaba qozonishgan, qolgan barcha o'yinlarda durang natija qayd etilgan. Quyida Surxondaryo viloyatida kechgan barcha uchrashuvlar natijalari bilan tanishing:

14.05.2004 “Surxon” – “Metallurg” – 1:0
23.08.2003 “Surxon” – “Metallurg” – 1:1
14.04.2002 “Surxon” – “Metallurg” – 1:1
24.11.2001 “Surxon” – “Metallurg” – 1:1
11.06.2000 “Surxon” – “Metallurg” – 1:1
18.03.1999 “Surxon” – “Metallurg” – 1:1
09.05.1998  “Surxon” – “Metallurg” – 4:0


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: “Металлург” матбуот хизмати