Fabregas "Roma" taklifini rad etdi

Sherzod Nurmatov
26 may 2025
"Komo" bosh murabbiyi Sesk Fabregas "Roma"da Klaudio Ranerining o'rnini egallashdan bosh tortdi.

"Roma" Fabregas bilan aloqaga chiqdi, ammo "Arsenal", "Chelsi" va "Barselona" sobiq yarim himoyachisi "Komo"da qolmoqchi. 

Ispaniyalik mutaxassisga Erik ten Hagni olib kelgan "Bayer" ham qiziqib qolgandi. Xabarlarga ko'ra, Fabregas yozgi transfer oynasida hech qanday klublar bilan muzokara o'tkazmoqchi emas.

Natijada "Roma" allaqachon e'tiborini boshqa nishonga qaratib ulgurgan va Jan Pero Gasperiniga e'tibor qaratmoqda.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Football Italia