Fabio Kapello: "O'tkazib yuborilgan goldan so'ng o'zimizga kela oldik"

Aziz Tukhtamuradov
18 iyun 2014, 07:50
Rossiya terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kapello Janubiy Koreyaga qarshi bo'lib o'tgan o'yindan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"O'yin yaxshi bo'ldi. Futbolchilar birinchi bo'limda ko'p harakat qildilar, keyin esa charchab qoldilar.

Ular qanday gol urganini barcha ko'rdi. Shundan keyin futbolchilarim o'zlariga kelib olishgani judayam muhim.

Ikkinchi bo'limda gol urish uchun vaziyatlar bo'ldi, lekin bu futbol", - deydi Kapello.



Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: sports.ru