FA Sterlingni Fernandesga qilgan qo'polligi uchun jazolamadi

Aslanov Jasurbek
31 dek 2015, 13:15
"Liverpul" yarim himoyachisi Rahim Sterling "Suonsi"ga qarshi o'yinda Federiko Fernandesni turtib yuborgani uchun jazolanmaydi.

Xabarlarga ko'ra, Angliya futbol assotsiatsiyasi mahsus qo'mitasi bu vaziyatni ko'rib chiqmadi va futbolchi keyingi uchrashuvlarda ishtirok etishi mumkin.

Oldinroq FA "Liverpul" - "Suonsi" bahsida ro'y bergan boshqa vaziyat, Shelvining Emre Janga bergan zarbasini o'rganib chiqqan edi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com