Turkiya Superligasi. "Istanbul Bashakshexir" mehmonda g'alabaga erishdi, Shomurodovdan gol va Fayzullaevdan assist

Alisher Ostonov
8 fev 2026, 18:22
Turkiya Superligasi 21-tur doirasidagi "Eyupspor" - "Istanbul Bashakshexir" o'yini bo'lib o'tdi.

Mehmonlar safida hujumchi Eldor Shomurodov o'yinni asosiy tarkibda boshladi va to'liq harakat qildi. O'zbekistonlik forvard 53-daqiqada raqib darvozasini ishg'ol qildi. Yarim himoyachi Abbos Fayzullaev ham o'yinni asosiy tarkibda boshladi va 66-daqiqada zaxiraga olindi. O'zbekistonlik xavbek 14-daqiqada jamoasining ilk goliga assistentlik qildi. Bahs 2:1 hisobida istanbulliklar foydasiga hal bo'ldi.

“Istanbul Bashakshexir” Turkiya Superligasida 21 o'yindan so'ng 33 ochko bilan 6-o'rinda bormoqda, “Eyupspor” esa 18 ochko bilan 15-o'rinda joylashgan.





O'xshash yangiliklar


Alisher OstonovMuallif
Manba: championat.asia