
Bugun yakunlangan mavsumda Yevropaning kuchli ligalarida o'zining to'purarlik qobiliyatini namoyish etgan Osiyo qitasi vakillari bilan tanishtiramiz.
Ku Ja Chol ("Augsburg" - 8 ta gol)

Ku Ja Chol "Augsburg"ga qaytganidan so'ng, birinchi mavsumdayoq 8 ta gol urishga muvaffaq bo'ldi. Klub mavsumni 12-o'rinda yakunladiyu
Porya Ahmadi ("Bangor Siti" - 8 ta gol)

Siz eronlik Porya Ahmadi haqida umuman eshitmagandirsiz, u to'p suradigan "Bangor Siti" ham Uelsda mashhur emas. 23 yoshli futbolchining 8 ta goli jamoasining muvaffaqiyatlariga katta xissa qo'sha oldi.
Shinji Kagava ("Borussiya" D - 9 ta gol)

Shinji Kagava so'nggi mavsumda "Borussiya"dagi o'yiynlar sonini 100 taga etkazib oldi. Yaponiyalik yarim himoyachi 9 ta gol bilan mavsumda yaxshi yakunladi.
Yuya Kubo ("Yang Boyz" - 9 ta gol)

23 yoshli hujumchi so'nggi mavsumda Shveytsariyaning "Yang Boyz" klubi safida o'z hisobiga 9 ta gol yozdirib qo'ydi.
Sardor Azmun ("Rostov" - 9 ta gol)

Yakunlangan mavsumda "Rostov" "Lester Siti" kabi ko'pchilik uchun kutilmagan syurpriz bo'ldi. Ular Rossiya chempionatining kumush medallarini qo'lga kiritishdi.
Jamoaning asosiy futbolchilaridan biri bo'lgan Sardor Azmun 9 ta gol urib, "Rostov" uchun muhim bo'lgan ochkolarni to'plab berdi.
Suk Xyun Jun ("Vitoria Setubal"/ "Portu" - 10 ta gol)

Janubiy koreyalik Suk Xyun Jun "Vitoria Setubal" safida 9 ta gol urganidan so'ng "Portu"ga o'tdi. Joriy mavsumda futbolchi oldingi mavsumdan ko'ra bitta ko'proq gol urdi.
Tukumi Minamino ("Zalcburg" - 10 ta gol)

Tukumi Minaminoning "Zalcburg"dagi ilk mavsumi omadli chiqmadi. Minamino joriy mavsumda 10 ta gol urishga muvaffaq bo'ldi va bu jamoaning chempionlik yo'lida katta yordam berdi.