Yevropaning 4 ta klubi urugvaylik himoyachiga qiziqish bildirmoqda

Sherzod Nurmatov
16 dek 2023, 11:40
Meksikaning "Amerika" jamoasi urugvaylik markaziy himoyachi Sebastyan Kaseresga qiziqmoqda.

Bu haqda "Tuttosport" xabar berdi.

Italiyaning "Napoli" va "Torino", Ispaniyaning "Sevilya" va Angliyaning "Tottenxem" klublari Kaseresga qiziqib qolishdi. 24 yoshli urugvaylik futbolchi bungacha Yevropada o'ynamagan.

Santyago Kaseres joriy mavsum "Amerika" jamoasi safida 17 ta o'yin o'tkazdi. Shuningdek, u muntazam ravishda Urugvay terma jamoasiga chaqiriladi, hozirga qadar u milliy jamoa libosida 9 ta o'yin o'tkazishga ulgurgan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Tuttosport