Yevropa Ligasida hafta futbolchisi aniqlandi

Eldor Akmurzayev
27 may 2021, 19:35
“Vilyarreal” yarim himoyachisi Eten Kapu Yevropa Ligasida hafta futbolchisi deb topildi.

Kapu jamoasiga MYUni mag'lub etishga va Yevropa Ligasi bosh sovrinini qo'lga kiritishga yordamlashdi. “Sariq suvosti kemasi” finalda penaltilar seriyasiga ko'ra g'alabaga erishdi.

Shuningdek, hafta futbolchisi bo'lish uchun Jerar Moreno ("Vilyarreal"), Edinson Kavani, Skott Maktominey (ikkisi ham - "Manchester Yunayted") ham davogarlik qilgandi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: UEFA