Yevropa ligasi. "Ordabasi" va Geynrix yirik mag'lubiyat bilan boshladi

Narzulla Saydullayev
1 iyul 2016, 11:50
Yevropa ligasi saralashi doirasidagi "Chukarichki" - "Ordabasi" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Birinchi saralash bosqichi dastlabki uchrashuvi doirasidagi bahsda hamyurtimiz Aleksandr Geynrix to'p tepayotgan Qozog'iston klubi Serbiyada 0:3 hisobida yutqazib qo'ydi. Geynrix 59-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi.

Bu klublar 7 iyul kuni Shimkentda javob o'yinini o'tkazishadi.



"Chukarichki" Serbiya – "Ordabasi" Qozog'iston 3:0 (0:0, 3:0)

30 iyun, 23.30, Stadion na Banovom Brdu

Gollar:
1:0 – 49, penalti Matich, 2:0 – 52 Kaevich, 3:0 – 68 Matich.

Chukarichki – Stevanovich, Jivkovich, Djurich, Stoykovich, Lagator, Kaevich, Yankovich (Docich, 60), Knejevich (Mashovich, 71), Pyazentin, Mandich (Matich, 46), Fofana.

Ordabasi –   Boychenko, Simchevich, Adyrbekov, Abdulin, Tolebek (Aleksandr Geynrix, 59), Diakate, Chatto (Beysenov, 86), Gogua, Muxtarov, Tungishbaev, Kasalica (Kojabaev, 84).

Ogohlantirishlar: Muxtarov (6), Lagator (33), Abdulin (48), Yankovich (54), Tolebek (58).
Chetlatish: Muxtarov (29).

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia