Yevropa ligasi. Kapadzening dubli "Aktobe"ga g'alaba keltirdi

Narzulla Saydullayev
11 iyul 2013, 23:23
Qozog'istonning "Aktobe" klubi Yevropa ligasi saralashining 2-bosqichiga yo'l oldi.

Armanistonning "Gandzasar" klubiga qarshi kechgan ikkinchi o'yinda ham "Aktobe" 2:1 hisobida zafar quchdi. Quvonarlisi o'yinda maydon egalari safida Temur Kapadze dublga erishdi. O'yinda Kapadze 88, Aleksandr Geynrix esa 82 daqiqa harakat qilishdi. 

Endi "Aktobe" keyingi bosqichda Norvegiyaning "Xodd" klubi bilan kuch sinashadi.


Aktobe Qozog'iston – Gandzasar Armaniston 2:1 (1:1, 1:0)
11 iyul, 20.00, Aktobe stadioni
Gollar:

1:0 – 2 Kapadze, 1:1 – 35 Beglaryan, 2:1 – 54 Kapadze.
Aktobe – Sidelnikov, Kenjisariev, Primus, Badlo, Logvinenko, Xayrullin, Xarabara, Temur Kapadze (Tagibergen, 88), Muldarov, Aleksandr Geynrix (Gridin, 82), Davidov (S. Kovalchuk, 39). 
Gandzasar – Beglaryan, Djikiya (Barsegyan, 64), Obradovich, Tatincyan (Avagyan, 86), Vukomanovich (Petrosyan, 74), Melkonyan, Xachatryan, Dashyan, Avagyan, Artak Grigoryan, Beglaryan.
Ogohlantirishlar: Badlo (22), Logvinenko (27), Xachatryan (48), Geynrix (80).
Dastlabki uchrashuv– 2:1.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia