Yevropa Ligasi 2022/23. Pley-offda o'ynaydigan 20 jamoadan 14 tasi ma'lum. 4 ta juftlik ham aniq bo'lib ulgurdi

Eldor Akmurzayev
10 avg 2022, 09:20
Yevropa Ligasi 3-saralashidan o'rin olgan javob bahslari ertaga bo'lib o'tadi.

YCHL kvalifikaciya o'yinlarida muvaffaqiyatsizlikka uchragan jamoalar EL pley-off raundiga ravona bo'ldi.

Hozircha oxirgi bosqichning 4 ta juftligi ma'lum:

“Gent” Belgiya – “Omoniya” Kipr

"Ferencvarosh" Vengriya – “Shemrok Rovers” Irlandiya

"Pyunik" Armaniston – "Sherif" Moldova

"Ludogorec" Bolgariya – "Jalgiris Vilnyus” Litva


Qolgan jamoalarniki esa saralashdan so'ng aniq bo'ladi:

“Dnepr-1” Ukraina – AEK/”Partizan”

“Austriya” Avstriya – “Slovacko”/”Fenerbahche”

“Xarts” Shotlandiya – “Cyurix”/”Linfild”

“Silkeborg” Daniya – “Maribor”/XIK

“Sivasspor” Turkiya – “Dyudelanj”/”Malmyo”

“Apallon” Gretsiya – “Olimpiakos”/”Slovan”

Eslatib o'tamiz, Yevropa Ligasi 2022/23 yilgi mavsum saralashidan o'rin olgan pley-off raundi bahslari 18 hamda 25 avgustga belgilangan.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia