Yevropa Ligasi 2020/21. “Rostov”ning 3-saralash bosqichidagi raqibi qaysi jamoa bo'ladi?

Eldor Akmurzayev
1 sen 2020, 19:37
Yevropa Ligasi 2020/21 yilgi mavsumining 2- hamda 3-saralash bosqichlariga qur'a tashlash marosimi bo'lib o'tdi.

Unga ko'ra, “Rostov”ning 3-raunddagi ehtimoliy raqibi “Kayrat” (Qozog'iston), “Makkabi” (Xayfa, Isroil) yoki “Jeleznichar” (Bosniya va Gertsegovina) bo'ladi. Valeriy Karpin shogirdlari o'z uchrashuvini 24 sentyabr kuni o'z maydonida o'tkazadi.

Shuningdek, Shohboz Umarovning bo'lajak jamoasi BATE 2-raundda Bolgariyaning SSKA (Sofiya) klubi bilan bahslashadi. Unda g'alaba qozongan jamoa esa keyingi bosqichda "B-36 Torsxavn" (Farer orollari) - "Nyu-Seynts" (Uels) juftligi g'olibiga qarshi to'qnash keladi.

Eslatib o'tamiz, 2- va 3-saralash bosqichi o'yinlari 17 hamda 24 sentyabr kunlariga rejalashtirilgan.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia