Evrofutbol. O'z mamlakatining chempionlari (FOTO)

Aziz Tukhtamuradov
19 may 2014, 09:18
Yevropada milliy chempionatlar yakunlandi. Yetakchi mamlakatlar chempionligini qo'lga kiritgan jamoalar haqida tanishtirib o'tamiz.


Slovakiya chempionligini qo'lga kiritgan "Slovan" sharafiga Bratislava ko'chalarida tantanali namoyishlar o'tkazilmoqda.



Xorvatiyada Zagrebning "Dinamo" jamoasi chempionlikni qo'lga kiritdi.



Isroil chempionatida Tel-Avivning "Makkabi"si chempion bo'ldi va ular kelasi yili YCHLda ishtirok etadigan bo'lishdi.



"Seltik" bu yil asosiy raqobatchisi "Reynjers"ning yo'qligi sababli Shotlandiyada chempion bo'lishda muammoga duch kelmadi.



"Olimpiakos" jamoasi kiyinish xonasida Gretsiya chempionligini nishonlashmoqda.



"Galatasaroy"dan sezilarli ravishda ilgarilab ketgan "Fenerbaxche" Turkiya chempionligini naqd qildi.



"Ayaks" Frank de Bur boshchiligida ketma-ket to'rtinchi chempionligini qo'lga kiritdi.



Yevropa Ligasi finalida mag'lubiyatga uchragan "Benfika" Portugaliya chempioni hisoblanadi.



"Bavariya" Gvardiola boshchiligida deyarli ikki oy oldin Germaniya chempionligini naqd qilib qo'ygan edi.



"Manchester Siti" uch yil ichida ikkinchi marotaba Angliya chempionligini qo'lga kiritmoqda.



Kievning "Dinamo"si o'z muammolari bilan ovora bo'lib yurgan bir vaqtda, "Shaxtyor" ketma-ket beshinchi marotaba Ukraina chempionligini qo'lga kiritdi.



Italiyada esa "Yuventus" o'z tarixidagi 30-chempionligini qo'lga kiritdi.



PSJ ketma-ket ikkinchi marotaba Fransiya chempionligini qo'lga kiritdi.



Uzoq davom etgan kurashlardan so'ng Sluckiy boshchiligidagi "harbiylar" Rossiya chempionatini qo'lga olishdi. SSKA - chempion!



Madridning "Atletiko" jamoasi "Kamp Nou"da Ispaniya chempionligini tantana qildi.


Aziz To'xtamurodov tayyorladi


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.asia