Evro-2024. Birvarakayiga 6 nafar futbolchi musobaqa to'purariga aylandi

Sherzod Nurmatov
15 iyul 2024, 13:38
6 nafar futbolchi Evro-2024ning eng yaxshi to'purari bo'ldi.

Harri Keyn (Angliya), Kodi Gakpo (Niderlandiya), Jamol Musiala (Germaniya), Ivan Shranc (Slovakiya), Jorj Mikautadze (Gruziya) va Dani Olmo (Ispaniya) 3 tadan gol urishdi.

Ular orasida Shranc maydonda eng kam daqiqa o'ynadi (335). U Mikautadze kabi to'rtta o'yinda qatnashgandi (347 daqiqa).

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: uefa.com