Evro-2020'da argentinalik hakam ham ishlaydi

Eldor Akmurzayev
21 apr 2021, 22:00
Avvalroq, UEFA bo'lajak Yevropa chempionatida faoliyat olib boradigan referilar ro'yxatini e'lon qilgani haqida xabar bergandik.

Evro-2020'da faoliyat olib boradigan hakamlar ro'yxati e'lon qilindi

Tashkilot rasmiy sayti bergan ma'lumotga ko'ra, musobaqada argentinalik Fernando Rapallini hakamlik qiladi.

UEFAning KONMEBOL bilan almashinuv dasturi doirasida Rapallini Evroga yo'l oladi, o'z navbatida ispaniyalik hakam Xesus Xil Mansano Amerika Kubogida ishlaydi.

Eslatib o'tamiz, Evro-2020 o'tgan yili bo'lib o'tishi kerak edi. Biroq, pandemiya tufayli u 2021 yilga qoldirildi va UEFA musobaqa nomini o'zgartirmaslikka qaror qildi. Bo'lajak qita birinchiligi 11 iyundan 11 iyulga qadar bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: UEFA