Uels Turkiyani mag'lub etib, keyingi bosqich yo'llanmasini deyarli hal qildi

Eldor Akmurzayev
16 iyun 2021
Musobaqa 2-turidan o'rin olgan Turkiya - Uels o'rtasidagi bahs yakunlandi.

Turkiya – Uels 0:2

21.00, "Boku Olimpiya stadioni"
Gol: Remzi, 42, (0:1), Roberts, 90+5 (0:2)

Turkiya – Chaqir, Ayxan, Chelik, Merash, Seyunjyu, Under, Yokushlu, Chalxanoglu, Tufan, Yilmaz, Karaman.

Uels – Uord, Roberts, Rodon, Devis, Mifem, Allen, Morrell, Beyl, Remzi, Jeyms, Mur.


YANGILASH


Uchrashuv yakunlandi

90+5. GOOOOOOOOOOOOOOOOL. Roberts uchrashuvning so'nggi soniyalarida hisobni o'zgartirmoqda

Hakam ikkinchi bo'limga to'rt daqiqa qo'shib berdi

87. ZARBAAAA. Demiraldan super zarba va Uorddan super seyv

79. ZARBAA. Remzi Beylga ajoyib tarzda to'pni tashlab berdi, sardorning zarbasini darvozabon ushlab oldi

77. Turklar ikkinchi bo'limda ancha faol o'tkazishmoqda, biro hozircha barchasi befoyda

71. ZARBA. Yilmazdan navbatdagi zarba, bu safar ham darvozabon qiyinchiliksiz to'pni ushlab oldi

63. ZARBAA. Burchakdan uzatilgan to'pni Ayxan boshi bilan yo'lladi, ammo darvozabon o'z o'rnida

61. YOOOOOOOOOOOOOOOOOOOO'Q. Beyl penaltidan foydalana olmadi

60. PENALTI... Zeki Chelik Beylni yiqitmoqda.

58. ZARBAA.. Ugujan Chakirdan super seyv. Remzining ajoyib zarbasini qiyinchilik bilan bartafar etmoqda

54. UXXXXXXX. Yilmaz Yilmaz nimalar qilmoqda. Turkiyaliklaning sardori super imkoniyatdan foydalana olmadi

53. ZARBA. Beyl jarima maydonchasining tashqarisida to'pni to'xtatdi va zarba berdi, ammo noaniq

50. ZARBAA. Xakan Chalxanogluning aniq va kuchli zarbasini darvozabon ushlab oldi

47. Turkiyaliklar ikkinchi bo'limning boshidan hujumlar tashkil etishni boshlashdi

46. O'zgarish: Okay Yokushlu va Ozan Tufan maydonni tark etdi, ularning o'rniga Merix Demiral va Yusuf Yazidji maydonga tushdi

Ikkinchi bo'lim boshlandi

Birinchi bo'lim yakunlandi

42. GOOOOOOOOOOOOL. Remzi nihoyat imkoniyatidan foydalanadi va hisobni ochdi. U bunga qadar ikkita birga bir vaziyatdan foydalana olmadi. Shu o'rinda Beylning super uzatmasini ham yoddan chiqarmaslik kerak

37. Beyl darvozabon bilan birga bir chiqib kyetishiga sal qoldi. Vaziyatni turkiyalik himoyachi Chaglar Seyundjyu bataraf etdi

29. ZARBA. Turkiyaliklar ikkita o'xshash xavfli vaziyatlarni tashkillashtirishdi, har ikkisida ham Uels himoyachilari yaxshi harakat qilishmoqda

24. ZARBAAAA. Remzi nimalar qilmoqda. "Yuventus" yarim himoyachisi ikkinchi bor birga bir chiqib bordi, bu safar uning zarbsiga aniqlik yetishmadi

17. UXXXXXX. Under uzoqdan kuchli va kutilmagan zarbani amalga oshirdi, biroq darvozabon o'z o'rnida

14. UXXXXXX. Under uzoqdan kuchli va kutilmagan zarbani amalga oshirdi, biroq darvozabon o'z o'rnida

13. Jeyms qanotdan yaxshi uzatmani amalga oshirdi, biroq Murning zarbasiga aniqlik yetishmadi

9. ZARBAAA. Under Yilmazga ajoyib uzatmani amalga oshirdi, to'p yo'l yo'lakay himoyachilarga tegib, burchakka chiqib ketdi

6. ZARBAAAA. Beyldan super pas va Aaron darvozabon bilan birga bir chiqdi va zarba yo'lladi, ammo darvozabodan ham supey seyv

UCHRASHUV BOSHLANDI


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia