EVRO-2016. Dastlabki tur qahramonlari FOTO

Narzulla Saydullayev
15 iyun 2016, 14:26
Kecha EVRO-2016 birinchi turi o'z yakuniga etdi. Bugun ikkinchi tur start oladi.

Biz dastlabki turda o'zini ko'rsatgan va tarixga kirgan futbolchilarni yodingizga solishga qaror qildik.



Olive Jiru 2016 yilgi Yevropa chempionatidagi dastlabki goli muallifi bo'ldi



Dimitri Payening supergoli Fransiyaga g'alaba keltirdi



Albaniya terma jamoasi sardori Lorik Cana musobaqadagi birinchi qizil kartochkani oldi



Garet Beyl Uels terma jamoasining Yevropa chempionatidagi birinchi golini urdi



Duda Slovakiyaning qita chempionatidagi birinchi goli muallifi bo'ldi



Vasiliy Berezuckiy so'nggi daqiqalarda to'p kiritib Rossiyani mag'lubiyatdan qutqarib qoldi



Luka Modrich shedevr goli bilan Xorvatiyaga g'alaba keltirdi



Arkadiush Milikning goli Polshaga Yevropa chempionatlaridagi birinchi tarixiy g'alabani keltirdi



Jerom Boateng Germaniyani muqarrar goldan qutqarib qoldi



Andres Inesta 3ta Yevropa chempionatida pas oshirgan birinchi ispaniyalik futbolchiga aylandi



Irlandiyalik Kiran Klark Evro-2016dagi birinchi avtogol sohibi bo'ldi



160 sm bo'yga ega Emanuele Jakkerini 194 sm bo'yga ega Tibo Kurtua darvozasiga gol urdi



Gabor Kiray 40 yosh 74 kunligida maydonga tushib Yevropa chempionatlaridagi eng qari futbolchiga aylandi



Birkir Byarnason Islandiya terma jamoasining Yevropa chempionatidagi birinchi tarixiy golini urdi



Nani tomonidan urilgan gol Yevropa chempionatlari tarixidagi 600-gol bo'ldi

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia