"Everton"ning egalari o'zgarmoqda

Mirjalol Normatov
15 sen 2023, 21:50
Amerikaning 777 Partners investicion kompaniyasi "Everton" egasi Farhod Moshiri bilan klubning 94,1 foiz ulushini sotib olish borasida kelishuvga erishdi.

Qayd etilishicha, klubning sotilish ishlari 2023 yil oxirigacha yakunlanadi. Norasmiy ma'lumotlarga qaraganda, klubning narxi 600 mln funtga teng bo'lgan.

777 Partners shu orqali APLning 10-amerikalik egalariga aylanadi. Ushbu kompaniya "Jenoa", "Standard" va "Vasko da Gama" kabi klublar egaligida ham o'z ulushini qo'lga kiritgan.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/Everton