"Everton"ga qarshi bahs paytida Runing uyiga o'g'ri tushdi

Aslanov Jasurbek
5 avg 2016
"Manchester Yunayted" hujumchisi Ueyn Runi uyiga niqobli o'g'rilar hujum qilishdi.

Ma'lumotlarga ko'ra, jinoyatchilar uydagi signalizaciya ishlab ketganidan so'ng voqea joyiga yetib kelgan policiyachilar tomonidan to'xtatilgan. O'g'rilarni tutish uchun 30 yoshli futbolchining uyiga 3 ta policiya mashinasi va vertolyot keldi. Policiya tekshiruv ishlarini hamda guvohlarni so'roq qilishni boshlab yuborgan.

Bu voqea paytida Runi o'zi sharafiga uyushtirilgan "Everton"ga qarshi bahsda edi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Mirror