
Onikuru yangi mavsumni ijara asosida "Anderlext"da o'tkazadi.
"Yanvarda 48 ta klub bilan aloqam bo'lgan. Ularning orasida APL jamoalari, "Seltik" bor edi. PSJ uchun tibbiy ko'rikdan o'tdim, ammo u klubda menga ikki soat ichida qaror qabul qilishim kerakligini aytishdi. Men esa doimo APLda o'ynashni orzu qilganman" - deydi Onikuru.
Oldinroq yosh hujumchiga SSKA, "Arsenal", "Vest Xem" qiziqish bildirayotgani aytilgan edi. Onikuru "Eypen" safida 60 ta uchrashuv o'tkazib, 30 ta gol urdi va 11 ta golli pas berdi.