"Everton" - Xedira uchun bosh da'vogar

Alisher
26 noya 2020, 16:04
"Yuventus" yarim himoyachisi Sami Xedira uchun bosh da'vogar klub nomi ma'lum bo'ldi.

O'yinchi uchun bosh da'vogar "Everton" bo'lib turibdi. Mersisaydliklar bosh murabbiyi Karlo Anchelotti oldinroq "Real"da u bilan birga ishlagan o'yinchi bilan shartnoma imzolashni xohlashini aytgan edi.

Yarim himoyachining "keksa sinora" bilan tuzgan shartnomasi 2021 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

Xedira joriy mavsum Italiya A Seriyasi doirasidagi hali maydonga tushmadi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Calciomercato