"Everton" Kvaratsxeliyaga qiziqmoqda

Alisher
21 may 2021, 14:46
"Rubin" yarim himoyachisi Xvicha Kvaratsxeliya faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin.

20 yoshli futbolchi uchun bosh da'vogarlardan biri "Everton" klubi hisoblanadi.

Kvaratsxeliyaning o'zi Yevropa ligalarida o'ynashni xohlaydi. Bundan tashqari, Gruziya terma jamoasi o'yinchisiga "Zenit"ga o'tish qiziq emas.

Kvaratsxeliya yakunlanayotgan mavsum RPLda 23ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol va 4ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: РБ Спорт