"Everton" futbolchisi APLning boshqa klubiga o'tishi mumkin

Aslanov Jasurbek
25 dek 2017, 17:12
"Everton" yarim himoyachisi Morgan Shneyderlen qishki transfer oynasida jamoani tark etishi mumkin.

28 yoshli futbolchiga "Vest Xem" qiziqish bildirmoqda. "Irislar" yaxshi taklif olishsa, fransiyalikni qo'yib yuborishga tayyor.

Ma'lumotlarga ko'ra, "Everton" Shneyderlen o'rniga "Sevilya" futbolchisi Stiven N’Zonzini olib kelmoqchi.

Shneyderlen va "Everton" o'rtasidagi bitim 2021 yilgacha belgilangan. Joriy mavsum u APLning 14ta uchrashuvida maydonga tushdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Mirror